Shaxmatchilarimiz rapid yoʻnalishida 27 medalni qoʻlga kiritdi

Poytaxtimizda shaxmat boʻyicha Gʻarbiy Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda.
1.jpg
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan chempionatda vakillarimizdan tashqari BAA, Hindiston, Bangladesh, Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Shri-Lanka, Afgʻoniston va Qirgʻizistondan kelgan 6-20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻzaro raqobatlashmoqda.
6.jpg
Shaxmatchilar musobaqaning ilk kunida rapid yoʻnalishida oʻz omadlarini sinab koʻrdilar.
2.jpg
Ushbu bahslarda shaxmatchilar 48 ta medallar jamgʻarmasi uchun oʻzaro kuch sinashdi. Unda vakillarimizdan Shahzod Islomov, Shamsiddin Vohidov, Humoyun Bekmurodov, Akobirxon Saydaliyev, Nodirbek Yoqubboyev, Zaynura Abrorova, Shahzoda Hasanova, Afruza Hamdamova, Umida Omonova hamda Sitora Saparova oʻz yosh toifalarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
3.jpg
Shuningdek, ushbu yoʻnalishda shaxmatchilarimiz 7 ta kumush, 10 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
Endi musobaqa ishtirokchilari standart shaxmat boʻyicha 9 tur davomida bahs olib boradilar. Mazkur yoʻnalishda gʻoliblar aniqlangach, 22 noyabr kuni blis yoʻnalishida ham 9 turda oʻz omadlarini sinab koʻradilar.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA