Oʻsmir tennischilarimiz bosh sovrinni koʻzlamoqda

Qozogʻistonda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida “KAZZINC Open – 2018” turniri oʻtkazilmoqda.
Asosiy toʻr bahslarining birinchi davrasida yosh tennischimiz Begzod Rasamatov musobaqaning ilk bosqichida mezbonlar vakili Nikita Sidorovni 6:3, 6:2 hisobida magʻlub etdi va ikkinchi davrada ukrainalik Aleksandr Grekulga qarshi kortga chiqadigan boʻldi.
Qizlar oʻrtasida esa hamyurtimiz Yasmina Karimjonova qozogʻistonlik Tamara Cherkassovani har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida yenggan boʻlsa, isteʼdodli tennischimiz Olesya Kim qozogʻistonlik Vladlena Samenkovaga bor-yoʻgʻi bitta geymni boy berdi.
Shu tariqa Yasmina turnirning ikkinchi davrasida rossiyalik Veronika Solovevaga qarshi kortga chiqsa, Olesya rossiyalik Alina Lebedeva bilan kuch sinashadigan boʻldi.

 

J.Toshxoʻjayev, OʻzA