Yosh gandbolchilarimiz “IHF Inter-Continental Trophy” musobaqasida muddatidan oldin finalga yoʻl olishdi

Shu kunlarda Tailandning Ubonratjatxani shahrida gandbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida “IHF Inter-Continental Trophy” musobaqasining Osiyo mintaqasi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda.
Bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etmoqdalar.
Sportchilarimiz guruh bosqichi doirasida Hindiston terma jamoasini 44:31, Xitoy Taypeyi vakillarini esa 38:36 hisobida magʻlub etdilar. Endi yigitlarimiz bugun uchinchi turda mezbon Tailand terma jamoasiga qarshi bahs olib boradilar.
Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu ikki gʻalaba orqali final bosqichi masalasini muddatidan oldin hal qilib qoʻygan. Musobaqa gʻolibligi uchun bahs 9-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

 

O’zA