Bugun Madridda karate boʻyicha jahon chempionati boshlanadi

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida karate boʻyicha 24-jahon chempionati start oladi.
Musobaqada dunyoning 139 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi. Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadilar.
Jahon chempionatida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dastonbek Otabolayev
+84 kg: Gʻofurjon Zohidov
Ayollar:
-50 kg: Baxriniso Boboyeva
-61 kg: Barno Mirzayeva
-68 kg: Dildor Annadurdiyeva
Bahslar 11-noyabrga qadar davom etadi.

 

O’zA