Dzyudo: Kemran Nurillayev Osiyo ochiq kubogida oltin medalga ega chiqdi

Qozogʻistonning Aktau shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogi start oldi. Avvalroq, ushbu musobaqada oʻzbekistonlik polvonlar ham ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.

-60 kg vazn toifasidagi janglarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillayev musobaqa davomida Almazbek Nurxan (Qozogʻiston) Amartuvshin Dashdavaa (Moʻgʻuliston), Ramazan Mamayev (Qozogʻiston) va Bilguun Dogsom (Moʻgʻuliston) kabi sportchilarni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bugun yana bir qator vazn toifalarida yurtdoshlarimiz gilamga chiqadilar.

 

O’zA