“Qirol“ umumiy mashgʻulotlarga qaytdi

Ispaniya La Ligasining 9-turida “Sevilya”ga qarshi oʻyinda jarohat olgan “Barselona” sardori Leo Messi klub mashgʻulotlariga qaytdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Messi mashgʻulotlarni jamoa himoyachilari Jerard Pike hamda Xordi Alba bilan birgalikda davom ettirmoqda.
Esingizda boʻlsa, hujumchi “andalusiyaliklar”ga qarshi oʻyinning birinchi boʻlimida oʻng qoʻlidan jarohat olib maydonni erta tark etgandi. Shifokorlar uning ahvolini yomon baholagach, Leo stadiondan toʻgʻri shifoxonaga olib ketilgan edi.
Darvoqe, avvalgi xabarlarda Messi 3 haftaga safdan chiqqani va jamoasining 6 oʻyinda yordam bera olmasligi taʼkidlanayotgan edi. “Barsa“ Messisiz 28 oktyabr kuni “Real”ni qaqshatqich (5:1) tarzda magʻlub etdi. Kecha esa jamoa Ispaniya Qirol kubogi 1/16 finali doirasida safarda “Kultural Leonesa“ bilan kuch sinashib, kichik 0:1 hisobida gʻalaba qozondi.
101903992.jpg
101904046.jpg
101904064.jpg
101904094.jpg
101904357.jpg
101904441.jpg

 

O’zA