“Lester siti” futbol klubi stadioni qayta nomlanishi mumkin

“Lester siti” futbol klubi oʻzining uy stadioni boʻlgan “King Pauer”ni klubning yaqinda halok boʻlgan xoʻjayini sharafiga qayta nomlash masalasini koʻrib chiqadi. ESPN bu haqda xabar bergan.
Nashrda yozilishicha, sobiq xoʻjayinning oʻgʻli Ayyavatt Shrivaddxanaprabxa klubning ijrochi direktori Syuzan Uilan bilan bu xususda maslahatlashishini aytgan. Ayyavatning klub prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib turishi ham taxmin qilingan. Eslatib oʻtamiz, shanba kuni ichida mazkur klub prezidenti Vishay Shrivaddxanaprabxe boʻlgan vertolyot stadionga yaqin joyda halokatga uchragandi.

 

OʻzA