Suvosti restorani qurilishi amalga oshirilmoqda

Norvegiyaning janubiy qismida, Shimoliy dengiz sathidan besh metr pastlikda, Yevropaning birinchi suvosti restorani qurilishi amalga oshirilmoqda. 33.5 metr uzunlikdagi restoran qurilishi 2018 yil iyul oyida boshlangan edi. Muhandislar uni 2019 yilning bahorida foydalanishga topshirishni rejalashtirganlar.

Restoran qurilishi tugatilgach, u taxminan 500 kvadrat metr ichki maydonga ega va uch qavatli boʻlib, 100 kishidan iborat mijozlarga xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar 11 metrli keng deraza orqali dengizning noyob manzarasidan bahra olishlari mumkin boʻladi.

Restoranga mijozlarni qabul qilish jarayoni allaqachon boshlanib ketgan. Sayyohlar ushbu moʻʼjizaviy maskan qurilishi tugallanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.

http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180924135023-2016226-os-n19.jpg
http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180924135807-2016226-os-n41.jpg
http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180926161251-snohetta-under2016226-os-n4.jpg
http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180926161507-snohetta-under-2016226-os.jpg

 

OʻzA