Qozogʻistonning Olmaota shahrida badiiy gimnastika boʻyicha “Grace cup – 2018” turniri oʻtkazildi.
Musobaqada Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan kelgan 400 nafarga yaqin gimnastikachi gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashdi.
2010-yilda tugʻilgan qizlar oʻrtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Zebiniso Yoqubova shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy egalladi. Yetti yoshli gimnastikachilar oʻrtasida vakillarimizdan Alisa Petrova, Shahrizoda Rajabova hamda Shahruza Mamatxonova birinchi, Yelizaveta Koneva esa uchinchi oʻrindan joy oldi.
Besh yoshgacha boʻlgan yoʻnalishda Darya Krikova oltin, olti yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Mubina Abbosova birinchi, Sora Nurmatova, Kamilya Rustamova esa ikkinchi boʻldi.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA