Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m arzon kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berilgani ta’kidlandi.

Mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion so‘m ajratildi.

Shuningdek, 260 ming gektar yer 800 ming aholi, avvalo yoshlarga dehqonchilik qilish uchun daromad keltiruvchi aktiv sifatida tarqatildi.

Yaqinda mamlakatimizda bo‘lgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori bu nafaqat ish o‘rni va daromad, balki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda juda to‘g‘ri yo‘l ekanini e’tirof etdi.

O‘tgan oyda Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro konferensiyaga kelgan 60 dan ortiq mamlakat ekspertlari O‘zbekiston qisqa muddatda yaratgan tajribani yuqori baholadi.

O‘zA