Mutasaddilar, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribasi bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘ygan barcha rahbarlarga chora qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga javobgarlik choralarini ko‘rish, qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.
Zarbdor tajribasi asosida har bir tuman va shaharda kamida 5 tadan “drayver” loyihani shakllantirish, G‘ijduvon tajribasi asosida 1 mingta mahallani o‘zida “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari loyihalarini tayyorlab, yil yakunigacha ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Umuman, tajribalarning har biri bo‘yicha mas’ullarga aniq KPI belgilanib, ijrosi ustidan qat’iy surov o‘rnatilishi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA