Ukrain adabiyotining yorqin yulduzi, Lesya Ukrainka she’riyatini o‘zbek poeziya ixlosmandlari juda yaxshi bilishadi.
2 (1).jpgO‘zbekistondashoiraning 100 yilligi keng nishonlangan. Zulfiya, Mirtemir, Shuxrat,Uyg‘un,Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Abdulla Oripov, Nosir Muhammad, Abdulla Sher kabi atoqli o‘zbek shoirlari Lesya Ukrainkaasarlaridan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishgan.
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilari Uyushmasida shoiraningo‘zbek tilidagi “Marvarid yoshlar” kitobining taqdimot marosimi ham ayni shu an’ananing davomi bo‘ldi. Shoiraning ilk o‘zbek tilidagi kitobi 1972-yilda o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan.
Hayot va Erk kuychisi Lesya UkrainkaasarlaridagiVatan qayg‘usi, ozodlikka bo‘lgan tashnalik, sog‘inch iztirobi, tabiatva borliqqa muhabbat, yurt va xalqni e’zozlash tuyg‘ulari o‘quvchini inson umrininghaqiqiy mazmun mohiyatini anglashga, tushunishga chorlaydi.
Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo anjumanni ocharkan,adabiyot namunalarining tarjimalari turli tildagi xalqlarning qalban tutashuvi ekanini alohida ta’kidladi.
Lesya Ukrainka “Yo‘q tirikman! Yuragimda barhayot tuyg‘u, shu bois o‘lim yo‘q menga. Yashayman mangu!”deya hayqirganida insoniyatning mangulikka dahldor sardorlari haqida kuylagan edi! Shoiraning umr maslagi bo‘lgan Vatan qayg‘usi va xalqini ardoqlash falsafasi singdirilganshe’rlari o‘zbek she’rxonlarining ham qalbidan chuqur joy olgan. Kitobga mashhur o‘zbek shoirlarining turli yillarda shoira she’rlaridan qilgan tarjimalari kiritilgan. Lesya Ukrainka ijodining gultoji bo‘lmish, “O‘rmon qo‘shig‘i” dramasi,xalq og‘zaki ijodi va afsona, miflardan samarali foydalangan holda yaratilgan. Shoiradramada insonlar va afsonaviy timsollarni gumanistik qarashlardan kelib chiqib muloqotga kirishtiradi.Shoiraning ushbu dramasini iqtidorli shoir Sirojiddin Rauf birinchi marotaba o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli ravishda to‘liq o‘girib, o‘zbekkitobxonlarini ham Lesya Ukrainkaning ma’naviy olamidan keng bahramand bo‘lishga hissa qo‘shdi.
Taqdimot anjumanida Ukraina davlatining O‘zbekistondagi elchisi Savchenko Yuriy Vasilyevich, “Jahon adabiyoti”jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, shoir va tarjimon Sirojiddin Rauf va boshqalar so‘zga chiqdi.Ushbu “Marvarid yoshlar” kitobiga shoiraning keyingi yillarda o‘zbek tiliga o‘girilgan yangitarjimalari ham kiritilgan.
Javoningizga yana bir ma’naviy javohir muborak bo‘lsin, aziz kitobxon!

 

Ozoda Bekmurodova, O‘zA