Dam olish kunlari Jahon chempionatining bir necha qiziqarli, murosasiz va albatta, muhim uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun ichida qit’adoshlarimizning ikki vakili raqiblari bilan o‘zaro kuch sinashishdi. Janubiy Koreya termasi har ikkala o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, guruh autsayderiga aylandi. Koreyslar endi so‘nggi turda germaniyaliklar bilan kuch sinashadi. Amaliy jihatdan qit’adoshlarimizning Rossiyadagi sayohati tugab bo‘ldi, ammo nazariy jihatdan hali ham imkoniyatlari bor. Buning uchun koreyaliklar amaldagi chempionni mag‘lub etishlari, ularni mundialdan butkul mahrum qilishlari, nargi juftlikda ham ko‘zlangan natijalar qayd etilmog‘i lozim. Lekin kim ham bunga ishonardi.
Yaponiyada esa hali imkoniyat bor. Barchasi uchinchi turda hal bo‘ladi.
Ikki kun ichidagi o‘yinlarda deyarli kutilmagan natijalar kuzatilmadi.
“G” guruhi. 2-tur.
Belgiya beshinchi yo‘llanma sohibi
Musobaqa mezbonlari singari sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan Belgiya terma jamoasi pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin rasmiylashtirdi. “Qizil iblislar” bu gal Afrika sherlari darvozasiga beshta to‘p kiritishib, o‘z darvozalaridan ikkita to‘p o‘tkazib yuborishdi. Belgiya terma jamoasi Romeu Lukaku esa afsonaviy Diyego Armando Maradonaning 1986 yilgi mundialdagi ketma-ket ikkita uchrashuvda dublga erishish bo‘yicha eng yaxshi natijasini takrorladi. O‘z navbatida, chempionat to‘purarligi borasida asosiy da’vogar ekanligini isbotladi.
BЕLGIYA – TUNIS – 5:2.”Ochiq arena” stadioni.
Bosh hakam: Jayr Marrufo (AQSH)
Belgiya: Tibo Kurtua, Tobi Alderveyrld, Yan Vertongen, Tomas Menye, Dedrik Boyata, Aksel Vitsel, Kevin De Bryuyne, Yannik Ferreyra Karrasko, Romelu Lukaku (Maruan Fellayni, 59), Eden Azar (Mishi Batshuayi, 68), Dres Mertens (Yuri Tilemans, 86).
Tunis: Faruk Ben Mustafa, Siam Ben Yussuf (Ben Aluayn, 41), Yassin Meria, Dilan Bronn (Naguez, 24), Ali Ma’lul, Anis Badr, Ferjani Sassi (Naim Sliti, 60), Ilyos Shxiri, Saif Xaoui, Faxriddin Ben Yussuf, Vaxbi Xazri.
Gollar: Azar (6-pen, 51), Lukaku (16, 45+4), Batshuayi (90+1) – Bronn (18), Xazri (90+3).
Ogohlantirish: Sassi (14).
“F‘” guruhi. 2-tur.
AMALDAGI CHЕMPIONNING IRODALI G‘ALABASI
“F‘” guruhida kutilmaganda Meksika terma jamoasi yagona peshqadam bo‘lib oldi. Amaldagi jahon chempionlaridan keyin Osiyo qit’asi vakillari – janubiy koreyaliklar ham okean ortining tezkor futbolchilari qarshisida tiz cho‘kishdi. Germaniya termasi esa irodali g‘alaba evaziga sharmandalikdan qutilib qoldi. “Oltin ma’buda” sohiblarini hakam tomonidan qo‘shib berilgan kompensatsiya vaqti jarga qulashdan qutqardi. Toni Kross nemislar qalbida umid uchqunlarini so‘ndirmadi.
JANUBIY KORЕYa – MЕKSIKA – 1:2. Rostov. “Rostov Arena“ stadioni.
Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya).
Janubiy Koreya: Cho Xyon U, Li Yon, Son Xen Min, Chu Sen Jon (Li Sin Vu, 64), Xvan Xi Chan, Kim Min U (Xong Chul, 84), Ki Son Yon, Li Je Son, Mun Son Min (Vu Yun Jung, 77), Kim Yon Gvon,Chan Xyon Su.
Meksika: Gilyermo Ochoa, Karlos Salsido, Migel Layyun, Karlos Vela (Jovanni Dos Santos, 77), Xavyer Ernandes, Ektor Moren, Ektor Errera, Andres Guardado (Rafael Markes, 68), Edson Alvares, Irving Lozano (Xesus Korona, 71),Xesus Gallardo.
Gollar: Son Xen Min (90+) – Karlos Vela ( 26, pen), Xavyer Ernandes(66).
Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon (58), Li Yon (63)Vu Yun Jung (80).
GЕRMANIYA – SHVЕTSIYA – 2:1 Sochi. “Fisht” stadioni.
Bosh hakam: Simon Marchinyak (Polsha).
Germaniya: Manuel Noyer, Yozua Kimmix, Jerom Boateng, Antonio Ryudiger, Yonas Xektor (Yulian Brandt, 87), Toni Kroos, Sebastyan Rudi (Ilkay Gyundogan, 31), Yulian Draksler (Mario Gomes, 46), Marko Roys, Tomas Myuller, Timo Verner.
Shvetsiya: Robin Ulsen, Mikael Lustig, Viktor Lindelyof, Andreas Grankvist, Lyudvig Augustinsson, Albin Ekdal, Sebastian Larsson, Viktor Klasson ), Jimmi Durmaz, 74), Emil Forsberg, Ola Toyvonen (Yon Gvidetti, 78), Markus Berg (Kiyese Telin, 90).
Gollar: Marko Roys (48), Toni Kroos ( 90+5) – Ola Toyvonen ( 32).
Ogohlantirishlar: Albin Ekdal (52), Jerom Boateng( 71).
Chetlatish: Jerom Boateng (82).
Oybek Yunusov
O’zA