Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.
Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolg‘iz deb e’tirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi.
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi.
O‘zA