Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Bugungi kunda tadbirkorlar 176 kilometr ortiqcha yo‘l bosib, Xo‘jaoboddagi “Do‘stlik” chegara posti orqali eksport qilishga majbur.

Bu borada besh oy oldin “Xonobod” va “Mingtepa” chegara postlari ochildi. Ushbu chegara postlaridan yuk o‘tkazish yo‘lga qo‘yilganidan keyin masofa 3,5 barobargacha qisqaradi, “Do‘stlik” chegara postiga yuk avtomashinalari yuklamasi kamayadi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “Xonobod” chegara postidan yuk o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni yakunlash va yonida logistika markazini qurish, Uchqo‘rg‘on (Namangan) – Kentsay (Qirg‘iziston) chegara posti qurilishini tamomlab, to‘liq ishga tushirish topshirildi.

Shuningdek, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Shahrixon, Bo‘ston, Andijon va Asakadagi yo‘l bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA