Bu haqda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Viloyatning eng faol yoshlari o‘z tengdoshlariga murojaat yo‘llab, ularni bilim olish, kasb va til o‘rganish, san’at va sport bilan faol shug‘ullanishga chorlashlari taklif qilindi.
Prezident Andijonda yoshlar rassomchilik, kulolchilik va haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishlari uchun sharoit yetarli emasligini qayd etdi.
Shu bois “Yangi Andijon” massivida Amaliy san’at ijodkorlari markazi barpo qilinadi.
O‘zA