Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Andijonda 225 ming aholi o‘zini o‘zi band qilgan. Moliyaviy ko‘mak berilgani natijasida 45 mingi tadbirkorga aylandi.

Shu munosabat bilan 200 milliard so‘m resurs ajratib, o‘zini o‘zi band qilgan yana 40 ming aholi tadbirkorga aylanishiga ko‘maklashish topshirildi.

Viloyatning 16 ta tumani va shahrida kamida bittadan mikrokredit tashkilotini ochib, 30 ming aholi va tadbirkorga moliyaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA