Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Viloyatda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi. Aholining tadbirkorlikdan olayotgan daromadi 1,5 baravarga oshgan.

Davlatimiz rahbari bu ko‘rsatkichlar hali yetarli emasligini, yana 400 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Yangi reyting bo‘yicha Andijondagi bor-yo‘g‘i 461 nafar tadbirkor yuqori baholanganiaholini tadbirkorlikka jalb qilish sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 335 ming aholini ishli qilish, tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so‘m kredit berish, aholini kichik biznesga keng jalb qilish orqali Xo‘jaobod, Shahrixon, Buloqboshi tumanlarida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish namunasini yaratish topshirildi.

O‘zA