Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari qurilish sohasiga to‘xtalib o‘tdi.
Joriy yilda Andijonda 190 ta ko‘p qavatli uy-joy qurib, 7 mingta oilani yangi xonadon bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Asaka tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini tashkil etib, 68 ta uy qurish, Shahrixon tumanini ham “Yangi O‘zbekiston” massivlari dasturiga kiritish rejalashtirildi.
Umuman, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshirilishi, aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishi belgilandi.
Ipoteka dasturi uchun Andijonga qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.
O‘zA