Fransiya poytaxti Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarga topshiriladigan medallarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davomida sportchilarga topshiriladigan 5084 ta oltin, kumush va bronza medallari dizayni “Chaumet” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Medallar dizaynini yaratishda Eyfel minorasining olti burchakli ko‘rinishidan foydalanilgani, bu, to‘rt yillik o‘yinlarning g‘olib va sovrindorlari Fransiya ramzi bilan taqdirlanayotganini anglatadi, deyiladi “Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi xabarida.

T.Ro‘ziyev, O‘zA