Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Urugvay davlatida mahalliy milliy terma jamoa bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida avval xabar berganmiz. Bugun tongda futbolchilarimiz Timur Kapadze ustozligida Toshkent – Istambul – Madrid – Montevideo yo‘nalishi bo‘yicha Urugvayga jo‘nab ketdi.
Yana ikki haftadan keyin Rossiyada boshlanadigan Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblangan Urugvayga qarshi o‘yinda bosh murabbiy quyidagi futbolchilardan foydalanishni afzal bildi. Bular:
Darvozabonlar:
Botirali Ergashev – “Navbahor”
Umidjon Ergashev – “Nasaf”
Eldor Suyunov – “Paxtakor”
Himoyachilar:
Rustamjon Ashurmatov – “Bunyodkor”
San’at Shixov – “Buxoro”
Akramjon Komilov – “Bunyodkor”
Dostonbek Tursunov – “Neftchi”
Islom Qobilov – “Bunyodkor”
Sherzod A’zamov – “Paxtakor”
Shuhrat Muhammadiyev – “Lokomotiv”
Abbosjon Otaxonov – “Metallurg”
Yarim himoyachilar:
Odiljon Hamrobekov – “Nasaf”
Azizjon G‘aniyev – “Nasaf”
Javohir Siddiqov – “Qo‘qon-1912”
Azizbek Turg‘unboyev – “Navbahor”
Jasur Yaxshiboyev – “Paxtakor”
Jaloliddin Masharipov – “Paxtakor”
Ikrom Aliboyev – “Lokomotiv”
Islom Kenjaboyev – “Nasaf”
Xurshid G‘iyosov – “Bunyodkor”
Sardor Sobirxo‘jayev – “Bunyodkor”
Hujumchilar:
Zabihillo O‘rinboyev – “Metallurg”
Bobir Abdixoliqov – “Nasaf”
Garchi terma jamoamizning Jahon chempionatida to‘p surishi armon bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, hakamlarimiz misolida mundialda ko‘p yillardan beri ishtirok etayotganim rekordlar o‘rnatayotganimiz haqiqat. Tajribali hakamimiz, Jahon chempionatlarini eng ko‘p boshqarish bo‘yicha Jahonda tengsiz, Osiyoning besh katta eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov hakamlar guruhimiz, qolaversa, bu yil birinchi marta Jahon chempionatida nazoratchi hakam sifatida faoliyat yuritadigan ikki nafar hamyurtmiz – Farhod Abdullayev va Olim Aripov Rossiyada o‘tadigan mundialda ishtirok etish uchun shu mamlakatga jo‘nab ketishdi. E’tiborlisi, O‘zbek futboli tarixida birinchi marta Jahon chempionatida bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissari to‘liq tarkibda ishtirok etishadi.
Safar oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Milliiy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov va uning guruhini qabul qildi va ularga oq yo‘l tiladi.