Yaponiya yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali yuk tashishni butunlay to‘xtatdi, chunki u yerdagi vaziyat yomonlashgan. Bu haqda Yaponiya jamoat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vazirligining xorijdagi transport departamenti vakili ma’lum qilgan.

– Agar yapon yuklari haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘tgan yilga kelib avtomobillarni tashish uchun ixtisoslashgan kemalar ko‘pincha Aden ko‘rfazi va Qizil dengiz orqali harakat qilgan, -dedi rasmiy vakil.

Ekspertlarning fikricha, “Ansorulloh” harakatining xusiy isyonchilari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida global yuk tashish hajmi 20 foizga qisqaradi.

“Bu global ta’minot zanjirlarida uzilishlarga olib kelishi va transport xarajatlari yuqoriligi sabab narxlarning umumiy oshishiga olib kelishi mumkin”, deb maqola chiqardi “Nikkei” iqtisodiy gazetasi.

Nashrda yozilishicha, Qizil dengizdan o‘tadigan marshrutdan voz kechish yonilg‘i, sug‘urta va boshqa xarajatlarni ko‘paytiradi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, dunyodagi barcha yuk tashishning taxminan 30 foizi dengiz konteynerlarida amalga oshiriladi. Qiymat jihatidan bu yiliga 1 trillion dollarni tashkil etadi. Barcha konteyner tashishning taxminan 10 foizi ilgari Qizil dengiz va Suvaysh kanali orqali o‘tgan. Bu yo‘nalish Yevropa va Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasida yuk tashish uchun nihoyatda muhimdir.

O‘zA