photo5199470774585501953.jpg
 
Ular kunning birinchi yarmida Toshkentda bo‘lishdi, ikkinchi yarmida esa Samarqandga tashrif buyurishdi.
Bugun Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdogan va “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shen, O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi rahbarlari tomonidan kutib olindi.
Turkiya sport mutasaddilarining yurtimizga tashrifidan ko‘zlangan maqsad o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ularni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘tkaziladigan “Fotih Kubogi” xalqaro turniriga bag‘ishlab Samarqandda tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdan iborat.
Mehmonlar sport mutasaddilarimiz hamrohligida Toshkentning diqqatga sazovor joylari, jumladan, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, “Xalqlar do‘stligi” maydoni hamda Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurishdi.
photo5199551339582040365.jpg
Kunning birinchi yarmining o‘zida hamkorlikdagi delegatsiya Toshkent vokzalidan “Afrosiyob” tezyurar poyezidida Samarqand shahriga jo‘nab ketishdi. Samarqandga tashriflari davomida delegatsiya a’zolari shaharning diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalarini tomosha qilishdi. Tashrif davomida jahonga mashhur “Registon” maydonida o‘tkaziladigan kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha “Fotih kubogi” xalqaro turniriga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etishadi.
Oybek Yunusov