O‘zbekistonlik bir guruh jurnalistlar Hindiston jurnalistlari assotsiatsiyasi – Hindiston matbuot klubi taklifiga binoan 21-28 noyabr kunlari bu mamlakatda bo‘ldi. Rasmiy uchrashuvlar, hamkorlik muloqotlari, matbuot konferensiyalaridan tashqari jurnalistlar Dehli, Agra, Jaypur shaharlarida qadim Hindiston obidalari, Boburiylar qoldirgan tarixiy yodgorliklar bilan ham tanishdilar. Sizning e’tiboringizga ulardan turkum videolavhalar taqdim etamiz.

Birinchi manzilimiz Dehli shahrida joylashgan “Qizil qal’a”.

Lal qal’a yoki Qizil qal’a 1652 yilda Buyuk Boburiylar avlodi Shohjahon tomonidan qurilgan va u 200 yil davomida ya’ni 1856 yilgacha imperiya qarorgohi bo‘lgan.

Shohjahon imperiya poytaxtini Agradan Dehli shahriga ko‘chirishga qaror qilgan. 1638 yilda Qal’a qurilishi boshlangan. Uni usta Ahmad Loxuriy loyihalashtirgan. Buyuk qal’a Yomun daryosi bo‘yida g‘oyat ko‘rkam bir necha saroy, qarorgoh, salomxona, xosxona, hammom, fantan, ijodxona kabi binolardan iborat. Atrofi baland va qalin devorlar bilan o‘ralgan. Saxn, bog‘-rog‘, saylgohlar bo‘lgan. 1747 yilda ingliz istilochilari qimmatbaho toshlar, bezaklarni talon-toroj qilganlar.

Hindiston mustaqillik kuni Bosh vazir mamlakat bayrog‘ini qal’a darvozasi oldida ko‘taradi.

Muallif: Muhammadjon Obidov  

Tasvirchi: Elyor Olimov