Yosh musavvirlar bahsi

FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida «Yoshlar turizm haftaligi» doirasida «Yosh musavvir» ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi ovul fuqarolar yig‘ini va mahallalardan jami 100 nafardan ziyod iste’dodli yosh ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16-22 yosh toifasi bo‘yicha Nukus shahridan Ajinyoz Tanirbergenov birinchi, Qo‘ng‘irot tumanidan Nurlibek Bekboyev ikkinchi, Qonliko‘l tumanidan Gulbo‘ston Toirova uchinchi o‘rinni egalladi.
23-30 yosh toifasidagi bahslarda Nukus shahridan Aynura Sapekeyeva g‘olib bo‘ldi. Qo‘ng‘irot tumanidan Rasul Arepov ikkinchi, Shumanay tumanidan Salomat Nuratdinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tanlov doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Taniqli san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA