O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 15 yanvardagi PF-10-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilgan hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan edi.

Mazkur qaror bilan:

a)  O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti to‘g‘risidagi nizom:

Kriminologiya instituti faoliyatining asssiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari;

Kriminologiya institutining huquqlari va majburiyatlari;

Kriminologiya instituti faoliyatini tashkil etish, mulki va moliyaviy mablag‘lari;

Kriminologiya instituti xodim va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash tartibi;

b)  Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish metodikasi:

kriminologiya sohasida dissertatsiya tadqiqotlari bajarilishini tashkil etish;

kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish;

Kriminologiya institutining ilmiy takliflari bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

“Jamoat xavfsizligi bo‘yicha tashabbus indeksi” (i-indeks)HH yuritish tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

                                                                                                        O‘zA