Poytaxtimizdagi “Universal sport saroyi”da O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Chempionat doirasida ayollar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkazildi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Farzona Fozilova, Saidaxon Rahmonova, Aziza Mamirova, Ra’no Murodboyeva, Setora Turdibekova, Humorabonu Mamajonova, Madinabonu Abdullayeva, Hadichabonu Abdullayeva zafar quchib, oltin medal uchun kuch sinashadigan bo‘ldi.
Yarim final bellashuvlarida mag‘lub bo‘lgan Sarvinoz Qo‘shboqova, Mohinur Ergasheva, Sabina Razzoqova, Munavvar Fozilova, Mahliyo Xabibullayeva, Husniya Ramazonova, Ziyoda Yarashova, Malohat Xolbo‘tayeva bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chempionati davom etmoqda va unda erkaklar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkazilayotir.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA