Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori shimoliga tashrif buyurib, Isroil harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi. Shu voqeaga tegishli video lavhani hukumat matbuot xizmati namoyish qilgan.
– Harakatni oxirigacha, g‘alabagacha davom ettiramiz, – degan Netanyaxu harbiylarga murojaat qilarkan. – Bizni hech kim to‘xtata olmaydi.
Ayni bayonoti bilan u joriy etilgan “gumanitar pauza”dan so‘ng Isroil mintaqaga hujumni davom ettirishini tasdiqladi.