Jidda – Saudiya Arabistoni Qirolligining Hijoz mintaqasidagi shahar.
Mazkur tarixiy hudud Qizil dengizning sharqiy sohilida joylashgan bo‘lib, milodiy VII asrdan beri Makkaga eltuvchi Hind okeani savdo yo‘llari uchun yirik port hisoblanadi. Bu shahar Kaabatullohni ziyorat qiluvchi musulmonlar uchun Makka darvozasi vazifasini ham o‘taydi.
Ayni paytda qariyb 5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Jiddada ilmiy muhandislik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratib kelinadi.
Bu sharif shaharga tashrif buyurgan har bir sayyoh qadimiy piyodalar yo‘laklarining antiqa shakllarini, moziydan so‘zlovchi qadimiy minoralarni, shuningdek, asrlar osha ijodkorlar uchun ilhom manbai bo‘lgan Qizil dengizning mavjli to‘lqinlarini ko‘rishi mumkin.
O‘zA muxbiri mazkur shaharning diqqatga sazovor joylarini foto tasmaga muhrladi.
O‘tkir Alimov (foto), O‘zA
Jidda, Saudiya Arabistoni