Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining uchinchi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Mamlakatimizda iqtidorli yosh bokschilarni saralash va terma jamoa zahirasini ular bilan to‘ldirish hamda mazkur sport turini yanada ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan  mamlakat chempionatida Sohibjon Sodiqjonov, Muhammadqodir Ma’murjonov,Ziyovuddin Alijonov, Muzaffar Ozodov, Sardor Ashirov, Muhammadali Azimjonov, Madiyor Doniyorov, Mujibullo Tursunov va Ruslan Abdullayev kabi bir qator charm qo‘lqop ustalari raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Bugun, musobaqa doirasida chorak final janglari o‘tkaziladi. Unda Mirazizbek Mirzahalilov, Lazizbek Mullajonov, Iqboljon Xoldorov kabi taniqli boschilarimiz ringga ko‘tariladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA