Argentinaning saylangan Prezidenti Xaver Miley “liberal demokratlarni” xalqaro maydondagi sherik sifatida ko‘rishini bildirdi. Bu haqda “TASS” yozgan.

– Men har doim erkinlik va tinchlikni himoya qiluvchilar, liberal demokratiyaga ishonuvchilar tomonidaman, avtoritar tartibni yoqlamayman, kommunistlar bilan birga emasman, – degan u.

Miley Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro diktaturasini qoralashini, ushbu mamlakat rahbari uning sha’niga nisbatan ishlatgan so‘zlar noo‘rin ekanini ta’kidladi. Avvalroq Maduro Argentinadagi prezidentlik saylovida “o‘ta o‘ng neofashizm” g‘alaba qozonganini aytgandi.

Saylangan prezident saylovning ikkinchi bosqichida o‘ng qanot “Ozodlik keladi” koalitsiyasi nomzodi – libertar deputat, iqtisodiyot vaziri Serjio Massani mag‘lub etdi.

Saylov kampaniyasi davomida Miley Braziliya, Xitoy va Rossiya bilan munosabatni rivojlantirish niyatida emasligini, bu davlatlar siyosatini ma’qullamasligini, shunga qaramasdan, xususiy biznes vakillari ushbu davlatlar bilan biznes yuritishiga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidladi. U Isroil va Qo‘shma Shtatlarni ustuvor ittifoqchilar, deb atagan.