O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 24 noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.