Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha turli yosh toifasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogida o‘smirlar orasida sablya yo‘nalishi bellashuvlarida g‘oliblar nomi aniqlandi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan 80 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda Milliy klub sportchisi Aygul Shamuratova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sablya bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda qoraqalpog‘istonlik Alpamis O‘rovboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogi bahslari 30 noyabr kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA