2024 yil 15 apreldan 3 mayga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkaziladi.

Bugun, 23 noyabr kuni Doha shahrida mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin oldi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “D“ guruhidan joy oldi. Unda terma jamoamiz Vetnam, Quvayt, Malayziya termalari bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa g‘olib va sovrindorlariga ”Parij-2024″ Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etildi. Quyida barcha guruhlar ro‘yxati keltirilgan.

“A”  guruhi:

1. Qatar

2. Avstraliya

3. Iordaniya

4. Indoneziya

 

”B“ guruhi:

1. Yaponiya

2. Janubiy Koreya

3. BAA

4. Xitoy

 

”C” guruhi:

1. Saudiya Arabistoni

2. Iroq

3. Tailand

4. Tojikiston

 

“D” guruhi:

1. O‘zbekiston

2. Vetnam

3. Quvayt

4. Malayziya

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA