Germaniya kansleri Olaf Shols G20 onlayn-sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainada maxsus harbiy amaliyotni bas qilishga chaqirdi.
– Rossiya Prezidenti Ukrainaga bostirib kirilgandan buyon ilk bor G20 ga a’zo davlatlar va hukumat rahbarlari videokonferensiyasida ishtirok etdi, – dedi Shols Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida. – Men Putinni urushni to‘xtatish uchun bosqinchilikni bas qilishga va qo‘shinni Ukraina hududidan olib chiqishga chaqirdim.
Uning ta’kidlashicha, Germaniya Ukrainada BMT Nizomi asosida uzoq muddatli va adolatli tinchlik qaror topishi tarafdori. Bundan tashqari GFR va Italiya Ukrainani qancha zarur bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Putin G20 onlayn-sammitida so‘zga chiqib, Rossiya hech qachon Ukraina bilan muloqotdan bosh tortmaganini, aksincha Kiyevning o‘zi muzokara jarayonidan chiqqanini rasman e’lon qilganini ta’kidlagan.