Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan yuqori va yangi texnologiyalar xalqaro yarmarkasida superkarga o‘xshash, parrakli avtomobilning aqlli “samolyot”ga aylanishi namoyish qilindi.
Mazkur ishlanma Xitoyning “XPeng Aero HT” kompaniyasiga tegishli.
“XPeng” uchadigan avtomobili yerda ham havoda ham erkin harakat qiladi. Yerda yurganda taxlanuvchi parragini kuzov ichiga yashiradi va avtomobil ixcham, harakati xavfsiz transport vositasiga aylanadi, deyiladi xabarda.
Mazkur uchar avtomobil kelasi yil yanvarda AQSHda bo‘lib o‘tadigan iste’mol elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida namoyish qilinadi.