Ma’lumki, futbol bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiadasi sari keyingi yurish nuqtasi mamlakatimiz terma jamoasi uchun 23 noyabrdan boshlanadi.

Aynan shu kuni 2024 yilning 15 aprelidan 3 may kuniga qadar Qatar yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbol jamoalari o‘rtasida o‘tadigan Osiyo chempionati ishtirokchilari uchun qur’a tashlash marosimi tashkil etiladi.

Qur’a 16 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazilib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchada Qatar, Saudiya Arabistoni va Yaponiya bilan joy olgan.

Aytish lozim, Qatarda o‘tkaziladigan qit’a chempionatida sovrinli o‘rinlarni egallagan uchta terma jamoa 2024 yilgi Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. To‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa Afrika futbol konfederatsiyasi ishtirokchisiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.

Qolgan savatchalar quyidagi ko‘rinishni olgan:

2-savatcha: Avstraliya, Iroq, Vetnam, Koreya Respublikasi.

3-savatcha: Tailand, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt.

4-savatcha: Malayziya, Tojikiston, Indoneziya, Xitoy.

Qit’a musobaqasiga qur’a tashlash marosimi 23 noyabr kuni o‘tkaziladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA