“Kabar” axborot agentligi ma’lum qilishicha, 16-17 noyabr kunlari Vengriyada Qirg‘iziston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.

Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlab Budapesht etnografiya muzeyida o‘tkaziladigan anjumanda Ernest Abdijaparovning “Sag‘inbay manaschi”, Bolotbek Shamshiyevning “Oq kema”, Artik Suyundukovning “Shambala” filmlari namoyish etiladi.