Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 17-20 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyevga tayanib, “Kabar” ma’lum qildi.
Tashrif doirasida Imperator Naruxito, Bosh vazir Fumio Kisida, parlament spikeri Fukusiro Nukaga, parlament a’zolari, shuningdek, kun chiqar yurt biznesi assotsiatsiyasi (ROTOBO), Turizm operatorlari assotsiatsiyasi (JATA), Eksimbank (JBIC), Tashqi savdoni rivojlantirish assotsiatsiyasi (JETRO), Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) kabi tuzilmalar rahbariyati bilan uchrashuv, muzokaralar nazarda tutilgan.
Uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-viza sohalarida sheriklikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.