Rossiyaning universal Ozon internet-do‘koni O‘zbekistonga mahsulotlar yetkazib berishni rasman yo‘lga qo‘ydi.

Mahsulot narxlari o‘zbek valyutasida  ko‘rsatilgan. To‘lov faqat «Mir», Visa, Mastercard, American Express va  UnionPay plastik kartalari orqali amalga oshiriladi. Internet-do‘kondan elektr tovarlar,  maishiy  texnika, kiyim-kechak, poyabzal, maishiy kimyo, sport anjomlari, bolalar tovarlari,  kitoblardan tortib, oziq-ovqat mahsulotlarigacha bo‘lgan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar o‘rin olgan.

Buyurtmalarni O‘zbekistonning istalgan hududidan rasmiylashtirish va hamkorlik punktidan yoki Uzpost filialidan olish mumkin. Kompaniya  tovarlarni o‘rtacha 12 kun ichida yetkazib beradi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi,  

O‘zA.