“NASA” astronavtlari yo‘qotib qo‘ygan asbob-uskuna xaltachasini durbin orqali ko‘rish mumkin, deb yozdi “Guardian” nashri.

Anjomlar solingan sumkani astronavtlar Jasmin Mogbeli va Loral O’Xara ochiq koinotda Xalqaro kosmik stansiyada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan chog‘i tushirib qo‘ygan, deydi jurnalist.

Fazoshunoslar yangi “yo‘ldoshni” sayyoramizning turli nuqtalaridan kuzatmoqda. Oppoq xalta Uran sayyorasidan yorqinroq emas, ammo durbin orqali ko‘rinadi.

Sharhlovchilar ta’kidlashicha, ob’ekt orbitada bir necha oy turadi, so‘ng atmosferaga kirayotganda yonib ketadi.