Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy maxsus idoraga 2024 yil 31 martda o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko mahalliy “Espreso” telekanali orqali ma’lum qildi.
U Rossiyada kelasi yil prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishini, Zelenskiy xalqining hurmati va ishonchini yo‘qotmoqchi emasligini eslatdi.
Avvalgi bayonotlarida ham Zelenskiy bo‘lajak saylovda “o‘z mamlakatini hech qachon yolg‘iz qoldirmasligi”ni ta’kidlagan.