Hozir Shimoliy Koreyaga nisbatan global miqyosda sanksiya kuchaygan. Natijada mamlakat iqtisodiy holati keskinlashgan. Muammoga qarshi turish uchun navbatdagi chora sifatida mamlakatning Ispaniyadagi elchixonasi faoliyatini cheklaydi, deb yozdi Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi.
Ispaniya xalq kommunistik partiyasi saytida ma’lum qilinishicha, Pxenyan qirollikdagi elchixonasini yopib, muayyan vazifani Italiyadagi elchixona zimmasiga yuklaydi.
Yaqinda Shimoliy Koreya va Afrika ommaviy axborot vositalari KXDRning Angola va Ugandadagi elchixonasi yopilayotgani, elchilari ushbu davlat yetakchilari huzuriga “xayrlashuv” tashrifini amalga oshirgani aqida xabar tarqatdi. Yaponiya matbuoti esa Pxenyanda Gonkongdagi konsullikni yopish rejasi borligini ma’lum qildi.
Janubiy Koreyaning ikki davlatni birlashtirish vazirligi ham Pxenyanning bunday qadamiga so‘nggi payt KXDRga qarshi sanksiya kuchaygani sabab bo‘layotganini bildirgan. Koreya Respublikasi hukumati ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oyigacha 53 mamlakatda KXDR diplomatik missiyasi faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu muassasalarning 47 tasi elchixona, uchtasi konsullik, uchtasi vakolatxona maqomiga ega edi. Agar Angola, Uganda, Ispaniya va Gonkongdagi elchixonalar yopilsa, bu raqam 49 taga qisqaradi.