RF Prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev taklifiga ko‘ra, 9 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Ostonaga keladi, deb xabar tarqatdi Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokarada strategik hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Prezidentlar videokonferensiya rejimida Kustanayda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va Qozog‘iston hududlararo hamkorlik anjumanida ham ishtirok etadilar.