Bahrayn axborot agentligi – “BNA” ma’lum qilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan uch kunlik “Islomda ayollar” xalqaro konferensiyasi xotin-qizlarning muvaffaqiyati, taraqqiyotdagi roli va hissasi, jamiyatdagi o‘rnini ta’kidlash, islomda ayollar huquqini kamsituvchi shubha va noto‘g‘ri qarashlarga munosabat bildirishdan iborat.
Islom ta’limoti doim ayollarga nisbatan adolatli bo‘lish lozimligini ta’kidlaydi.
Anjumanda “Jamiyatda adolatni targ‘ib qilish va ayollar imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha huquqiy islohot va siyosiy tashabbuslar bo‘yicha yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi kutilmoqda.
5 ta ishchi sessiyada vazirlar, rasmiylar, olimlar va mutafakkirlar ishtirokida ayollarning maqomi va huquqi, ta’lim va mehnat imkoniyatini kengaytirish istiqboli, zamonaviy jamiyatda xotin-qizlar bilan bog‘liq turli masalalar muhokama qilinadi.
Ushbu konferensiyani tashkil etish tashabbusi 2023 yil mart oyida Mavritaniya Islom Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Islom hamkorligi” mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi 49-sessiyasida Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan taqdim etilgan va vazirlar qarori bilan qabul qilingan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA