G‘azo sektorida harbiy harakat boshlangandan buyon halok bo‘lgan bolalar soni 2019 yildan buyon butun dunyo bo‘ylab harbiy harakatda nobud bo‘lgan jami bolalar sonidan ham ko‘p, deb xabar tarqatdi Falastindagi “Save the Children” xalqaro xayriya tashkiloti.

Bundan avvalroq tuzilma 17 kunda G‘azo sektorida kamida ikki ming bola o‘ldirilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Iordan daryosi g‘arbiy qismida ham 27 nafar go‘dak halok bo‘lgan.

“Save the Children” direktori Jeyson Li tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Liца войны: кадры трагедии в Израиле и секторе Газа разрыvaют душу

Hayotdan ko‘z yumgan jami 7703 kishining 40 foizi bolalar. Bu raqam yana ortishi mumkin, chunki 1000 ga yaqin bolaning taqdiri hali noma’lum. Ular vayrona ostida bo‘lishi mumkin.

– Uch hafta davom etgan zo‘ravonlik bolalarni oilasidan ayirdi… raqamlar dahshatga soladi, – deydi Jeyson Li. – G‘azoda zo‘rlik kuchaymoqda, yana ko‘plab bolalar hayoti jiddiy xavf ostida.

Umuman, mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo sektorida jami halok bo‘lganlar soni 8 mingdan oshgan. Ularning, qariyb, yarmi bolalar. 18 mingdan ziyod odam jarohat olgani aytilyapti.

Falastin – Isroil ziddiyatidan eng ko‘p oddiy aholi, jumladan ayollar va bolalar jabr ko‘rmoqda. Bu ahvol dunyoning aksariyat siyosatchilarini bezovta qilyapti.

Borrel осудил израильские атаки на палестинцев на Западном берегу -  Газета.Ru | Новости

Kuni kecha BMT Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF Isroil armiyasi tomonidan o‘qqa tutilayotgan Falastinning G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatga baho berar ekan, “G‘azo sektoridagi bolalarning ahvoli dahshatli, halok bo‘lgan bolalar soni esa halokatli”, dedi.

– Boliviya G‘azo sektoridagi harakati tufayli Isroil bilan diplomatik munosabatni uzishga qaror qildi, – dedi ushbu davlat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Freddi Mamani. – Mamlakat minglab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Prezident ma’muriyati rahbari Mariya Nela Prada bir kun avval davlat rahbari Luis Arse Falastin elchisi bilan uchrashib, uni qo‘llab-quvvatlaganini aytgan.

Yevropa Ittifoqining diplomatiya bo‘yicha rahbari Xosep Borrel G‘azoda davom ettirilayotgan amaliyot asnosida Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy sohilda Falastin aholisiga tazyiq kuchayib borayotganini qoraladi.

– Yevropa va AQSHning so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi bilan Isroil ma’muriyati 25 kundan beri butun dunyo oldida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etmoqda, –  dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin xalqqa qilgan murojaatida.

Venesuela hukumati Isroilning G‘azodagi Jebaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan zarbasini keskin qoralab, Falastin xalqiga qarshi genotsid uyushtirilayotganini ta’kidladi.

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro ijtimoiy tarmoqda Tel-Avivdagi elchini maslahatlashuv uchun chaqirib olganini ma’lum qildi. U “Falastin xalqini qirg‘in qilish” davom etishi munosabat buzilishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi. Chili hukumati ham Isroilning Jebaliya qochqinlar lageriga bergan zarbasidan keyin xuddi shunday chora ko‘rdi.

Prezident Бразилии предложил посадить Зеленского и Путина за стол  переговоров и пообещал не арестовыvaть президента РФ. Киев отреагироvaл

G‘azo sektorida yuz berayotgan voqealarni Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva ham qattiq qoralab, minglab bolalar halok bo‘lgan urushni to‘xtatishga chaqirdi. U ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan bayonotida, jumladan, shunday degan:

– G‘azo sektorida o‘zlari aybdor bo‘lmagan holda uch ming bola halok bo‘lganini ko‘rish og‘riqli. Urushni boshlaganlar bu bolalar uchun motam tutyaptimi? Yo‘qotishning og‘irligini his qilyaptimi? Biz bunday urushni birinchi marta ko‘ryapmiz, o‘lganlarning aksariyati bolalar. To‘xtang! To‘xtang, Xudo haqi! Nafsilambirini aytganda, Braziliya yetakchisining ushbu chaqirig‘ida jahon afkor ommasi qalb nidosi aks-sado berayotgandek.

S.Rahimov, O‘zA