Yoko Kamikava Tokioda XAMAS boshqaruvidagi, Isroil qamalidagi Falastin anklavini tark etishdan umidvor 10 nafar yapon fuqarosining sakkiz nafari oila a’zosi Misrga quruqlik orqali yetib kelganini aytdi.

Misr davlat matbuoti xabarlariga ko‘ra, 361 chet el pasporti egasi va 46 nafar yarador G‘azodan Rafoh o‘tish joyi orqali Misrga ketgan. XAMASning 7 oktyabrdagi kutilmagan hujumidan buyon hududdan birinchi keng ko‘lamli evakuatsiya chorasi ko‘rildi.

Evakuatsiya qilinganlar ro‘yxatida, jumladan, BMT va “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro yordam guruhi xodimlari ham bor.

G‘azo hukumati janubdagi o‘tish joyi ham juma kuni ochilishini aytdi. OAV xabariga ko‘ra, 500 ga yaqin xorijlik fuqaro hududni tark etish uchun ruxsat olgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA