FOTOETYUD

Maftunkorligi bilan ko‘zlarga quvonch ulashayotgan kuz faslining ikkinchi oyi ham yakunlanmoqda. Bu davrda tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatish maroqli. Yashil olamini xazonrezgiga bo‘shatib bergan ona zamin fusunkor manzara kasb etgan. Dov-daraxtlarning sariq va qizg‘ish yaproqlari, quyoshning zarrin nurlari bilan uyg‘unlashib, o‘zgacha tovlanayotir. Tevarak-atrofda kuzga xos sokinlik hukmron. Ushbu sokinlik qalblarga ham ko‘chib, ko‘ngil shivirini tinglashga undamoqda.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA