Anqaraning Isroil bo‘yicha tutgan pozitsiyasi Turkiyani NATO safidan chiqarish uchun sabab bo‘lolmaydi, deb bayonot berdi Davlat departamenti rasmiy vakili Mett Miller.

U Falastin tarafini olib bergan bayonoti tufayli Turkiyani NATO safidan chiqarish masalasi bo‘yicha berilgan savolga shunday javob berdi:

– Ushbu masala bo‘yicha qarama-qarshi fikrlarimizga qaramay, Turkiya Alyansning muhim a’zosi bo‘lib qolaveradi. Isroildagi vaziyatga qarashlar yakdil emas. Bu masalada Vashington bilan Anqara yondashuvi farq qiladi, biroq AQSH kelishilgan masalalar ustida ishlashda davom etadi.

Avvalroq Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara “Isroilni “harbiy jinoyatchi” sifatida e’lon qilish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qilgan va Falastin tarafini olib bayonot bergan edi.