Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari ittifoqi – UNA 14-16 noyabr kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan Jahon media kongressining GMC ikkinchi nashrida maxsus stend bilan ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir “ADNEC Group” tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi “WAM” bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

– Bizning WAM bilan yaqin hamkorligimiz butun dunyo ommaviy axborot vositalari soha oldida turgan muammolarni hal qilish uchun o‘zaro aloqalarni mustahkamlashi zarurligiga asoslanadi, – deydi UNA Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Muhammad Abd Rabbo Al-Yamiy. – “GMC” OAV vakillari va yetakchilari duch kelayotgan muammolarga yechim topish, sohada sanoatni yuqori samaradorlikka olib chiqishga qaratilgan g‘oyalar ishlab chiqish uchun birlashadigan aniq maydon.

Kongressda ishtirokchilar innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni rag‘batlantirib, sanoat tendensiyasi haqida tushunchaga ega bo‘lishadi. Ixtisoslashgan media sektori konferensiyasi va ko‘rgazmasi tashkil qilinadi, media rivojlanishi sur’ati, muammolar o‘rganiladi.

Kongressda barqarorlik, innovatsiya, eng so‘nggi media-texnologiyalar kabi asosiy mavzular ko‘tariladi, sport, OAV, yoshlar, ta’lim, media kelajagi bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

2022 yilda ilk bor bo‘lib o‘tgan uch kunlik tadbirga 13 600 dan ziyod ishtirokchi tashrif buyurgan edi.

Sh.Toshtemirova,

O‘zA